Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xitoy Xalq Respublikasining “FHT Future technology ltd” Kompaniyasi bosh direktori Li Jin Venni qabul qildi.

Foto: Glotr

Investorlar guruhi tomonidan Namangan viloyatining Pop tumaniga 1200 gektar yer maydonida quyosh energiyasidan foydalangan holda muqobil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiya qurish bo’yicha muzokaralar bo’lib o’tgan. Loyiha qiymati 300 million dollarni tashkil etadi.

Investorlar keyingi bosqichda shu hududning o’zida quyosh panellari, batareyalari va uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark qurish taklifini ham ilgari surishgan.