Markaziy bank boshqaruvi raisining buyrug‘iga binoan Jamshidbek Azizovich Aliyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Foto: Google

Jamshidbek Aliyev 1978-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995-yilda ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “Paxta bank”ida boshlagan. Jamshidbek Aliyev hozirgi vaqtga qadar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Ichki audit departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Namangan viloyati hokimi o’ziga yangi o’rinbosar tayinlagani haqida xabar bergandik.