Mansurov Erkin Muxtorovich — Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Erkin Mansurov 1979-yil 11-iyulda Vobkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2001-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Aksiyadorlik tijorat “Paxta bank” Vobkent tuman bo‘limi Kredit bo‘limida 1-toifali mutaxassis sifatida boshlab, Markaziy bank Buxoro viloyat Bosh boshqarmasi Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi (2002-2003), Markaziy bank Buxoro viloyat Bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish bulimi bosh iqtisodchisi (2003-2004), Markaziy bank Buxoro viloyat Bosh boshqarmasi Rahbariyat qoshidagi ijrochilik intizomini nazorat qiluvchi – Bosh nozir (2004-2010), Markaziy banki Buxoro viloyat Bosh boshqarmasi Kichik biznesni qo‘llab – quvvatlashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i (2010-2012), lavozimlarida ishlagan.

U tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Buxoro viloyat filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq, Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi rahbari o‘zgargani xabar berilgandi.