Ushbu loyiha doirasida quvvati sutkasiga 100 ming m3 oqava suvlarini tozalashga mo’ljallangan inshootni va 7,5 km uzunlikdagi suv tarmoqlarini qurish nazarda tutilgan. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi binosida bo’lib o’tgan tadbirda “Namangan shahar oqava suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish” loyihasi bo’yicha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining “Metito Utilities Limited” kompaniyasi tender g’olibi, deb e’lon qilindi.

Mazkur kompaniya moliyaviy takliflar bo’yicha yillik erkin foydalanganlik uchun to’lovning eng past narxini, ya’ni yillik to’lov 9 mln. AQSh dollari taklif etgan.

Ma’lumot uchun, “Namangan shahar oqava suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish” loyihasining qiymati 90 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyiha doirasida quvvati sutkasiga 100 ming m3 oqava suvlarini tozalashga mo’ljallangan inshootni va 7,5 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini qurish nazarda tutilgan.