Inson tanasida qizil go‘sht iste’mol qilingandan so‘ng, qon tomirlari devorlarida xolesterin toshmalarni paydo bo‘lishini rag‘batlantiradigan modda hosil bo‘ladi. Bu haqda Klivlend olimlari tadqiqotlariga asoslanib Nature Microbiology ma’lum qildi.

Foto: Food / Mood

Tadqiqot mualliflaridan biri Stenli Xeyzena (Stanley Hazen)ning so‘zlariga ko‘ra, TMAO deb ataladigan narsa – trimetilamin N-oksid haqida gapirilmoqda.

Shifokorlar turli xil parhezlarga rioya qilgan uch ming bemorning ma’lumotlarini o‘rganishgan. Ba’zilar muntazam ravishda qizil go‘shtni iste’mol qilishgan, ikkinchi guruh bu mahsulotni menyuda kamdan-kam ishlatgan, uchinchisi esa umuman voz kechgan. Tajriba natijasida ularning qon va mikroflora tahlillari o‘rganilgan.

Olimlar asosiy xavf – TMAO hosil bo‘lishidagi rolni vegetarianlarning ichaklarida deyarli yo‘q bo‘lgan qizil go‘shtni qayta ishlovchi Emergencia timonensis bakteriyalari o‘ynaydi degan xulosaga kelishdi.

Tajribaning bir qismi sifatida bu bakteriyalar o‘simlik asosidagi parhezda sichqonlarning ichaklariga ko‘chirilgan. Ularning TMAO konsentratsiyasi darhol oshdi, bu qon quyqalari va xolesterin toshmalari xavfini sezilarli darajada oshirgan.

“Ushbu kashfiyot bizga ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun ovqatlanish bilan bog‘liq yangi usullarni ishlab chiqishga yordam beradi”, degan olimlar.