Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim tovarlar narxini 50 foizga pasaytirish toʻgʻrisida hukumatga topshiriq berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Odamlar oilasi va doʻstlari uchun sovgʻalar sotib olishi, yangi yilni yaxshi nishonlashi uchun bozorlar va doʻkonlarda shanba kunidan boshlab 1-yanvarigacha sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarining bayramona savdosini tashkil etish, ayrim tovarlarning narxini 50 foizgacha arzonlashtirish toʻgʻrisida bosh vazir oʻrinbosari Chari Gilijovga topshiriq berildi”, – deyilgan xabarda.

Qaysi mahsulotlar chegirma bilan sotilishi hozircha maʼlum qilinmagan.

Shuningdek, Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxon Chakiyevga 31-dekabr va 1-yanvar kunlari shahar avtobuslari aholiga bepul xizmat koʻrsatishi haqida topshiriq bergan.