Avval xabar qilganimizdek, bugun, 25-dekabr kuni o‘zbek futbolining 2021-yil yakunlariga bag‘ishlangan “UZ Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda bir qator  nominatsiyalar va sovrinlar bo‘yicha bu yilgi g‘oliblar nomi e’lon qilindi.  Jumladan,  2021-yildagi “O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi” sovrindori ham  ma’lum qilindi.

«O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida  Qarshining «Nasaf» klubi vakili Husayn Norchayev, Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov, O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov mazkur sovrin uchun oxirgi daqiqalargaga kurash olib bordi. Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Eldor Shomurodov “O‘zekistonning eng yaxshi futbolchisi» nomini qo‘lga kiritdi.

Yoshligimda ko‘pchilik o‘zbekistonlik futbolchilar ham dunyoning kuchli ligalarida o‘ynay oladimi, degan savol berishardi. O‘z o‘yinlarim bilan o‘sha savollarga javob berdim, deb o‘ylayman. Bu yil ko‘proq omadim keldi. Chunki Masharipov ham, Norchayev ham sovrin uchun munosib o‘yin namoyish etishgandi. Barchaga rahmat”, dedi Eldor Shomurodov.

Avvalroq, Farg’ona viloyati hokimi “Futbol rivoji uchun” sovrini bilan taqdirlangani xabar berilgandi.