“Uzbekistan Airways” AJ Yangi yil bayrami munosabati bilan joriy yilning 31-dekabridan 2022-yil 4-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30 %dan 50 %gacha chegirmalar e’lon qildi.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

Chegirmalar O‘zbekiston shaharlari o‘rtasidagi barcha qatnovlarga amal qiladi va quyidagi toifadagi yo‘lovchilar uchun taqdim etiladi:

  • Yakka tartibdagi yo‘lovchilar 30% ;
  • Turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey, OTM talabalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40% ;
  • Oila uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: er-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari) ;
  • Nafaqaxo‘rlar uchun 50% ;
  • Nogironligi bor shaxslarga 50% ;
  • 1941-1945 yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50% ;
  • 1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida ko‘rsatgan fidokorligi uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50% ;
  • Chernobil AYeS halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirokchilar uchun 50%.

Eslatma:

2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chegirmalardan 1 tasini qo‘llashga ruxsat beriladi. Bir nechta chegirmalarni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga to‘lmagan bolalar uchun amal qilmaydi. Aviachipta xarid qilayotganda tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari bo‘lishi kerak.