FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishgan.

Foto: FVV axborot xizmati

FVV xabariga ko’ra, bugun, 24-dekabr kuni soat 09:10da “Mergancha” MFY hududida joylashgan Urgut kiyim-kechak bozorining 6 ta do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yong‘in soat 09:27da qurshab olinib, 10:14da to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida do‘konlarning 100 kv.m maydoni yonib zararlangan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo‘lgan joydagi boshqa do‘konlarga yong‘in o‘tishining oldi olindi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q.