Joriy yilning 22-dekabr kuni e’lon qilingan bayonotda Shveytsariya sudi Gulnora Karimova va uning sheriklarini og’irlashtirilgan “pul yuvish”da ayblanib, 293 million dollardan ortiq mablag’musodara qilinganini e’lon qildi.

Gulnara Karimova
Foto: Knews

“Bu Shveytsariya huquq-tartibot idoralari uchun muhim g’alabadir, chunki bu O’zbekistonga pullarni qaytarish bo’yicha keyingi muzokaralarni o’tkazish imkonini beradi”, — deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Shu bilan birga, sud qaroriga ko’ra, benefistlar Gulnora Karimova bo’lgan “Takilant Ltd”ga 70 million dollarga yaqin mablag’ qaytarilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, Shveytsariya Federal Jinoyat sudining 2021-yil 17-dekabrdagi qarori yakuniy emas, chunki unda tomonlar, xususan, Shveytsariya huquq-tartibot idoralari mazkur sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega ekanligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ushbu mablag’larga nisbatan AQSh vakolatli organlarining ularni hibsga olish to’g’risidagi da’vosi va buyrug’i ham mavjud bo’lib, bu mablag’larni kompaniyaga qaytarishning iloji yo’q, hatto sud qarori chiqqan taqdirda ham.

Malumot uchun 2012-yilda Shveytsariya Federal prokuraturasi Gulnora Karimova va unga aloqador fuqarolarga nisbatan pul yuvish va qalbakilashtirish gumonlari yuzasidan keng ko’lamli tergov boshlagandi.

Gap O’zbekiston bozoriga chiqish va bu borada to’siqlarsiz ishlash evaziga xorijiy telekommunikasiya kompaniyalaridan noqonuniy yo’llar bilan olingan katta miqdordagi pul mablag’larini “yuvish” haqida ketmoqda.

“Takilant Ltd”ning Shveytsariya banklaridagi umumiy qiymati 350 million dollardan ortiq mablag’lari Shveytsariya huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilayotgan jinoiy tergov doirasida Shveytsariya Federal prokuraturasi tomonidan muzlatib qo’yildi.

Qayd etilishicha, mahalliy davlat idoralari Gulnora Karimova va uning sheriklarining jinoiy faoliyat natijasida qo’lga kiritilgan aktivlarini qaytarish bo’yicha Shveytsariya va AQSh rasmiylari bilan faol ish olib bormoqda.