O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashadi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv Rossiya rahbari Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Manbada aytilishicha, uchrashuv Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev qatnashadi.