O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand davlat tibbiyot institutida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Google

Qaror loyihasi bilan Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetini (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etish belgilangan.

Qaror loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:

  • Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetini (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etish;
  • Samarqand viloyati Samarqand tumani O‘rtashiq qishlog‘ida joylashgan Samarqand viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi negizida Universitet huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish;
  • Samarqand davlat tibbiyot institutining birinchi va ikkinchi klinikalari negizida tegishincha Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar kaminvaziv xirurgik klinikasini (keyingi o‘rinlarda – Universitet klinikalari) tashkil etish;
  • Samarqand davlat tibbiyot instituti litseyini Universitet litseyi deb qayta nomlash;
  • L.M. Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar Respublika ilmiy amaliy markazining Samarqand filiali negizida Universitet huzuridagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot institutini tashkil etish;
  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali yangi binoga ko‘chirilishi munosabati bilan, filialning bo‘shaydigan Samarqand shahar Maxdumi Azam ko‘chasi, 18-uy manzilda joylashgan eski binosini Universit tasarrufiga o‘tkazib berish hamda ushbu binoda:
  • Universitet huzurida Neyroxirurgiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazini tashkil etish;
  • Universitet huzurida Immunologiya va inson genomikasi ilmiy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.

Ushbu Qaror loyihasiga ko‘ra Universitetda o‘z-o‘zini moliyalashtirish  tizimi joriy etiladi, to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalarini mustaqil belgilash huquqi beriladi.