Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Google

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.G‘. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, tumandagi “M.T.” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan Surxondaryo viloyat IIB bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Q.Ch.” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. xo‘jalikning paxta va g‘alla yetishtirishga mo‘ljallangan 0,15 gektar yer maydonini va o‘zi vaqtincha foydalanib kelayotgan 0,40 gektar yer maydonini fuqaro R.ga 85 mln. so‘mga uy-joy qurib foydalanish uchun sotishga kelishib, shundan 40 mln. so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.