Joriy yilning 17-dekabr kuni Qoraqalpog‘istonda tuproq ko‘chishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi ma’lum qildi.

Foto: Google

Xabarga ko’ra, soat 16:40larda Qo‘ng‘irot tumanida “Meliorator-Kungrad” ko‘p tarmoqli korxona ishchilari Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq avtomobil yo‘lining 3-4 km. oralig‘ida yo‘l quvur o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. 3,30 metr chuqurlikdan quvur o‘tkazmoqchi bo‘lishayotganda chuqurning ikki tarafi o‘yilib, ishchilarni tuproq va asfalt yo‘lning toshlari ostida qolgan.

Ko‘chki oqibatida korxona ishchilari 1969-yilda tug‘ilgan A.Q. tan jarohati olgan va 1986-yilda tug‘ilgan S.S voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.