Haydovchi “peshexod”dan o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib, qochib ketgan. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati xabar berdi

Foto: RIA Novosti

Joriy yilning 17-dekabr kuni soat 07:20atrofida Lada Vesta avtomashinasini boshqarib kelayotgan shaxs Qashqadaryoda svetaforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirib ikki yo‘lovchini urib yuborgan.

Natijada yo‘lovchilarning bir nafari voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi shifoxonaga yotqizilgan. Haydovchi jabrlanuvchilarga yordam bermay voqea joyidan qochib ketgani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, ushbu haydovchiga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-modda 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.