“O‘zgidromet” ob-havo bo‘yicha navbatdagi ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 26-27-dekabrda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi,tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m. gacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.
Haydovchi va yo‘lovchilar ehtiyotkorlikka chaqirilgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq dam olish kunlari ko‘p hududlarda qor yog‘ishi haqida xabar bergandik.