Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qaysi oyda ajrashishlar soni ko‘p bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrashishlar qayd etilgan.

Foto: Davlat xizmatilari agentligi

Oylar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p aprel oyida kuzatilgan – 3488 ta.

Shuningdek, qolgan oylarda ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • noyabr oyida – 3428 ta;
  • iyun oyida – 3401 ta;
  • centyabr oyida – 3349 ta;
  • mart oyida – 3307 ta;
  • avgust oyida – 3284 ta;
  • oktabr oyida – 3206 ta;
  • may oyida – 3184 ta;
  • yanvar oyida – 3156 ta;
  • iyul oyida – 2995 ta;
  • fevral oyida – 2862 ta.

Avvalroq, qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning 24,9 foizida nogiron farzandlar borligi ma’lum qilingandi.