Markaziy bank 27-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,02 so‘mga pastlab, 10 798,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro 11,38 so‘mga ko‘tarilib, 12 246,27 so‘m bo‘ldi.

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 41,33 so‘mga pastlab, 10 807,25 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyutaning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi.

O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, prezidentning “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi kutilmoqda.