Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan xabar berilishicha, “omikron” shtammi dunyoning 110ta mamlakatiga kirib bordi va u deltadan anchagina tez tarqalmoqda.

Foto: O’zA

“22-dekabr holatiga ko‘ra, JSSTning barcha oltita mintaqasida 110ta davlatda “omikron” aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, birlamchi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, “”omikron” delta shtammiga qaraganda tezroq tarqalmoqda va kamroq jiddiy holat bo’lishi mumkin. Biroq, emlashlar yoki oldingi kasallik “omikron”ning oson kechishiga qanchalik hissa qo’shishi hali ma’lum emas.

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Yapon olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, “delta”ga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qilgan.