Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha bolalar va o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashni tavsiya qilmaydi, chunki bu yosh guruhida og‘ir kasallanish ehtimoli kamroq. Bu haqda tashkilot saytidagi qo‘shimcha emlashlar haqidagi bayonotda aytilgan.

Foto: Google

“Ayni paytda JSST bolalar va o‘smirlarni ommaviy emlashni tavsiya qilmaydi. Buning sababi shundaki, ushbu yosh toifasidagi odamlarning og‘ir kasal bo‘lib qolish ehtimoli kamroq va xavf ostida bo‘lganlarning hammasi ham emlanmagan”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar ham koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berildi.