Ko’p qavatli uylarning tom qismi qulashi sababli 2 nafar O’zbekistonlik ayol halok bo’ldi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni Istanbulda sodir bo’lgan kuchli shamol natijasida ko’p qavatli uylardan birining tom qismida yashayotgan o’zbek oilasining 3 a’zosini tom bosib qolgani haqida ijtimoiy tarmoqda xabarlar tarqalgan edi.
Natijada, jabrlanganlarning bir nafari voqea joyida, yana biri olgan tan jarohatlari natijasida koma holatiga tushib, shu yilning 21-dekabr kuni hayotdan ko’z yumdi.
Ma’lum bo’lishicha, baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lganlarning har ikkisi ham o’zbekistonlik ayollar bo’lgan. Ularning bir nafari 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan.