Joriy yil oxirigacha go‘sht va go‘sht mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish ham QQSdan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

Foto: Food / Mood

Deputat Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, Parlamentga hukumat tomonidan kiritilgan qonun loyihasida mazkur imtiyozlar muddati yana 4 oy muddatga cho‘zilishi nazarda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, 2022-yil 30-aprelga qadar quyidagilar QQSdan ozod qilinadi:

  • O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
  • O‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
  • Go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni mamlakat hududiga olib kirish.