Nemis tilini o’rganishda o’qituvchi va o’quv materiallari xarajatlari qoplab beriladi.

Foto: Google

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmatining xabariga ko’ra, agentlik hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o’rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 39 yoshdan oshmagan bo’lishi;
  • Davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo’lgan hamshiralar (stomatolog, o’qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug’ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
  • Psixiatriya bo’limida ishlash uchun – kasalxona yoki klinikaning istalgan bo’limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo’yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar;
  • Tibbiyot kolleji texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo’lishi;
  • Bemorlarga g’amxo’rlik qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;
  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvafaqqiyatli o’tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
  • Nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug’ullanmasligi;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvafaqqiyatli o’tishi.

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga Toshkent shahrida bepul turar joy, o’quv xonasi hamda oylik stipendiya sharoitlari yaratib beriladi.

Shuningdek, “Globogate Recruiting GmbH” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • Nemis tili o’qituvchisi va o’quv materiallari;
  • Til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • Hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • O’quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transport bilan taminlash.

Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil oylik 2 300 yevrodan ( 2 600 AQSh dollaridan ortiq), nafaqa, sug’urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo’llab-quvvatlash, shulardan iborat bo’ladi.