Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Chustda hokimlik mashinalari daxlsiz deb e’lon qilinganmi?” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalgan edi. Namangan viloyati IIB YHXB bu haqda rasmiy munosabat berdi.

Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Xabarga ko’ra, hozirda davlat raqam belgisi 50 066 NAA (avvalgi raqami 50 234 NAA) bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasini (foto va video) qayd etish moslamada aniqlangan qoidabuzarliklari uchun belgilangan 17 ta jarimalar umumiy summasi 7 626000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, davlat raqam belgisi 50 068 NAA (avvalgi raqami 234 TAA)bo‘lgan Neksiya-3 rusumli avtomashinani (foto va video) qayd etish moslamalarida aniqlangan qoidabuzarliklariga belgilangan 15 ta jarimalar summasi 5 302900 so‘m, hamda davlat raqam belgisi 50 234 MBA bo‘lgan Trailblazer rusumli avtomashinaning (foto va video) qayd etish moslamalarida aniqlangan qoidabuzarliklari belgilangan 10 ta jarima summasi 7 775000 so‘m ekanligini aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasi 3-qismiga ko‘ra qarzdorlik to‘la undirilgunga qadar avtomashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ayni paytda ushbu ishga mas’ul bo‘lgan inspektorlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.