Gidrometeorologiya xizmati markazi bugun qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Zed News

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliqni, shimolda 2° iliq -3° sovuqni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo‘ladi.