AQShda Konfederatsiya generali Robert Lining Richmonddagi haykali poydevoridan topilgan vaqt kapsulasi ochildi.

Foto: Skrinshot

Ma’lum qilinishicha, gap 130 yildan buyon 3 ta kitob, mazmuni noma’lum bo‘lgan konvert va kumush tanga yotgan qo‘rg‘oshin quti haqida ketmoqda.

General Li haykali 1890-yilda o‘rnatilgan va irqiy kamsitish muxoliflarining bosimi ostida sentabr oyida buzib tashlangan.