Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Kazinform

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Xatirchi tumani “Uchqara” MFY hududida o‘ziga tegishli fermer xo‘jaligi borligini aytib, ushbu xo‘jalikning 10 gektar yer maydonini 50 mln. so‘mga sotishga kelishib, barcha hujjatlarni o‘zi rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 25 mln so‘mni tanishi Ch.Yu. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.