Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmanavtlar metro bekatida poyezd vagoni yongani aytilmoqda” sarlavhasi ostida videotasvirlar tarqalgan edi. FVV holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Transport vazirligi

Bugun, 23-dekbar kuni soat 12:15da Shayxontohur tumani “Kosmonavtlar” metro bekati ichida harakatlanib ketayotgan 4ta vagondan iborat tarkib(sostav)ning 3-vagonida texnik sabablarga ko‘ra saqlagich (predoxranitel) kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqib qolganligi taxmin qilinmoqda. Voqea joyida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Nosoz vagon – ta’mirlash uchun DEPOga yuborilgan.

Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy ish rejimida ishlamoqda.