Manbalarning takidlashiga ko’ra, tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari F. Arziyev vakant bo’lib turgan O’zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimiga tayinlanadi. Xitoy TIV F. Arziyev nomzodiga rozilik bergan.

Yanvar oyida F. Arziyev “osmon osti mamlakati”ning poytaxti — Pekinga jo’nab ketishi kutilmoqda.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonning Xitoydagi sobiq elchisi B. Saidov noyabr oyida Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangandi.

Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari lavozimiga kim tayinlanishi haqida hozircha xabar berilmagan.