Talabalar bahorgi semestrda o’qishlarini ko’chirishlari mumkin. Bu haqda Ta’lim yangiliklari Telegram-kanali ma’lumot berib o’tdi.

Foto: Google

Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga ko’ra talabalar quyidagi holatlarda o’qishlarini bahorgi semestr oldidan ko’chirishlari mumkin:

  • Respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o’rtog’i doimiy yashaydigan (pasport bo’yicha doimiy ro’yxatdan o’tgan) hududga ko’chib o’tganda;
  • Turmush o’rtog’i yoki ota-onasi harbiy xizmat o’tash joyini o’zgartirganda;
  • Ota-onasi (turmush o’rtog’i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
  • O’qishni ko’chirish uchun arizalar har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar topshiriladi.

Arizalarni ko’rib chiqish esa har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.