Kecha, 22-dekabr kuni Moskvada yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha Rossiya-Tojikiston maslahatlashuvlarining navbatdagi bosqichi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

tojikiston
Foto: Xabar

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Syromolotov va uning tojikistonlik hamkasbi Sodiq Imomi Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi fonida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash manfaatlari yoʻlida ixtisoslashgan Rossiya-Tojikiston hamkorligini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Uchrashuvda terrorizmga qarshi kurash yoʻnalishida, shuningdek, boshqa chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish doirasida BMT va uning Xavfsizlik kengashining markaziy muvofiqlashtiruvchi roli bilan hamkorlikni rivojlantirish tamoyillari va normalari asosidagi ishlarni qurishga yondashuvlar birligi tasdiqlangan.

Syromolotov va Imomi terroristik tashkilotlarga, jumladan “Islomiy davlat”ga qarshi kurashish va global sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligiga takidlashgan.

Asosiy global va mintaqaviy xalqaro platformalarda, jumladan, BMT, YXHT, MDH, KXShT, ShHTda yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashni izchil kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.