Qo‘qon shahrida pirotexnika buyumlari bilan savdo qilayotgan do‘konning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sputnik

“B-s.” MChJga qarashli savdo do‘koni mudiri B.R. xaridor A.ga 1 dona Eagiles nomli pirotexnika buyumini 40 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Shundan so‘ng, ushbu do‘kondan umumiy qiymati 638 mln. so‘m bo‘lgan jami 8 087 dona pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.