“Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–58-son, 22.12.2021 y.) qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, 2022-2023 yillarda bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlari tashkil qilinadi.

Markaz davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalarga oid maʼlumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib boradi.