Mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar va normativ huquqiy hujjatlarga nazar soladigan bo’lsak, ijtimoiy sohaga ko’proq e’tibor qaratilayotganini ko’ramiz. Ayniqsa nogironligi bo’lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlarni, berilayotgan imtiyozlarni alohida ta’kidlab o’tish lozim.

Foto: Sputnik

Xususan, kuni kecha Prezident tomonidan imzolangan qarorda 2022-yildan boshlab nogironligi bo’lgan shaxslar orasida bir nechta nominasiyalar bo’yicha respublika tanlovlari tashkil etish ko’zda tutilgan.

Jumladan:

  • “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;
  • “Eng yaxshi tadbirkor”;
  • “Eng yaxshi talaba”;
  • “Eng yaxshi sportchi”;
  • “Eng yaxshi kitobxon”;
  • “Eng yaxshi ish beruvchi”.

Tanlov natijalari har yili “3-dekabr – xalqaro nogironlar kuni” arafasida e’lon qilinadi hamda tanlov g’oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag’batlantiriladi.