O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov 82 yoshida olamdan o’tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Foto: Yangi davr

Shermat Yormatov 1939-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99-o‘rta maktabda musiqa o‘qituvchisi va “Boychechak” xor studiyasining rahbari (1962-82) bo‘lgan.

Shermat Yormatov o‘zbek bolalar xorining eng faol targ‘ibotchisi, kuyunchak rahbar, “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan.

Shermat Yormatov O‘zbekiston yoshlar mukofoti, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi bo‘lgan.