Oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlari ortilgan poyezd Termizdan Mozori-Sharifga yuborildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati axborot xizmati.

Foto: Surxondaryo viloyati axborot xizmati

Bugun, 23-dekabr kuni  O‘zbekiston Respublikasining afg‘on xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz shahridagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi.

Shu munosabat bilan bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.