Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga berilayotgan e’tibor natijasida yirik ishlab chiqarish korxonalari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bugun Chustdagi yirik metallurgiya zavodi “TAI CHANG SPECIAL STEEL” MCHJ shaklidagi qo’shma korxonasi foydalanishga topshirildi.

“TAI CHANG SPECIAL STEEL” MCHJ shaklidagi qo’shma korxonasiga 2019-yilning iyun oyida “Namangan” EIZ hududidan 30-gektar yer maydoni ajratib berilgan va hozirda mana shunday ko’rinishga keldi. Korxonada metal mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini Xitoy Xalq Respublikasi investorlari bilan hamkorlikda 3 ta bosqichda amalga oshirish hamda 50 mln. dollar investisiya mablag’lari sarflash va 800 nafar yangi ish o’rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

Korxonaning 1-bosqichi ishga tushishi natijadasida yiliga 300 ming tonna jahon standartlariga mos va import o’rnini bosuvchi har-xil turdagi metaloprokat mahsulotlari (armatura, shveller, katanka simlari va boshqa) ishlab chiqarish faoliyati yo’lga qo’yildi.

Hozirga qadar 28 mln. dollar mablag’ (shundan 7mln. dollar mahalliy tadbirkor, 6 mln. dollar, bank krediti va 15 mln. dollar xorijiy investisiya) jalb etilib, loyihaning 1-bosqichi ishga tushirildi va 300 ta doimiy yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bugungi kunda 200dan ortiq ishchi xodimlar doimiy ish o’rinlariga ega bo’lib, ularning 35 nafari “temir daftar”ga kirgan fuqarolarni tashkil etmoqda.

Ushbu korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etgan.

Viloyat hokimi barchani qutlab, eng avvalo tashabbuskor tadbirkor va investorlar, qurilishdan tortib, mana shunday zamonaviy qiyofa kasb etishiga o’z hissasini qo’shgan quruvchilar, ahil jamoa xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirgan.