Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati, jahonning 77dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

kelishuv sotish shartnoma hamkorlik
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati

Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2021-yil yanvar-noyabr oyi yakuni bilan 984,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 125,2 mln. AQSh dollariga ko’paygan.

Tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo’lgan davlatlar:

  • Rossiya Federasiyasida – 28,2 foiz;
  • Xitoy Xalq Respublikasida – 24,3 foiz;
  • Qozog’istonda – 10,3 foiz;
  • Turkiyada – 9,4 foiz;
  • Qirg’iz Respublikasida – 7,2 foiz;
  • Hindistonda – 1,8 foiz;
  • Belorussiyada – 1,8 % ni tashkil etgan.

Ma’lumot o’rnida, 2021-yil yanvar-noyabr oyida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 50,9 foizni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan ulushi 24,1 foizga ko’paygan.