Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov deputatlarga salomatligi tufayli tuman hokimi lavozimini tark etgan Muhammadzokir Mamatxanov o‘rniga Shuhrat Musayev nomzodini taklif etdi.

Shuhrat Musayev 1973-yili Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996-yili Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

1996-yildan 2017-yilga qadar Namangandagi iqtisodiy tashkilotlar va viloyat hokimligida turli mas’ul vazifalarda mehnat qilgan. 2017-yildan 2021-yilga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashini boshqargan.

U 2021-yildan beri Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari—Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Deputatlar nomzodni ma’qullab, ovoz berdi. Shuhrat Musayev Uychi tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Kecha, 22-dekabr kuni Uchqo’rg’on tumani hamda Norin tumanlariga yangi hokim tayinlangandi.