“Nogironligi bo’lgan shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko’maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi (PQ–57-son, 21.12.2021 y.) Prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Korrespondent

Qarorga ko’ra, 2022-yil 1-yanvardan bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.

2022-yil 1-martdan:

  • Bolalikdan nogiron bo’lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironlari daromad solig’i bo’yicha imtiyozli mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;
  • 2024-yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to’langan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan to’liq qaytarib beriladi.

Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzishi mumkin.

Yoshlarga oid davlat siyosatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

  • axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o’rgatish;
  • tadbirkor yoki o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

“El-yurt umidi” jamg’armasi hisobidan 2022-yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi.