Bugun, 23-dekabr kuni soat 12:21da (Grinvich bo‘yicha soat 07:21da) O‘zbekiston Respublikasi hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Foto: Google

Zilzila epimarkazi Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 40,36 gradus shimoliy kenglik; 71,22 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 196 km janubiy-sharqda.

Shu kuni soat 08:06 ham Farg‘ona viloyati Rishton tumanida zilzila qayd etilgandi. Bunda avval 21-dekabr kuni soat 08:06 da ham Rishton tumanida zilzila kuzatilgan.