Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Foto: Google

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko’ra, shu yilning 20-dekabr kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning may oyida ikki nafar noma’lum shaxslar ishonchiga kirib unga zotdor qoʻy olib berishlarini aytib undan jami 5500 miqdorda AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.Q va S.Y.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Ma’lumot uchun uyuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin