Bugun, 23-dekabr kuni soat 16:37da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Xonto‘pi” MFY Diydor 5-tor ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risda tuman FVB bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Shunga ko‘ra, 6ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:39da yetib borib, yong‘in soat 17:22da qurshab olingan va soat 17:33 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida xonadonning taxminan 250-300 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarn ing oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi”, – deyiladi FVV xabarida.