Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo’llar bilan olib kirishga hamda davlat budjetiga tushishi lozim bo’lgan bojxona to’lovlarini qing’ir yo’llar bilan to’lamaslikka bo’lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o’z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Foto: RBK

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do’stlik” chegara bojxona postiga qo’shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro D.T. boshqaruvidagi “Man” rusumli yuk avtotransport vositasi o’rnatilgan tartibda bojxona ko’rigidan o’tkazilgan.

Natijada, avtomashinada hujjatlarda ko’rsatib o’tilmagan, umumiy qiymati 3 874 900 000 mlrd. so’mlik 10 xil turdagi tovar moddiy boyliklari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etilmoqda, deb xabar bermoqda Andijon viloyati bojxona qo’mitasi.