Bugun taxminan soat 12:00da Sergeli tumanining Toshkent halqa avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

21 yoshli “KamAZ” haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketib, “Lacetti” avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng yuk mashinasi ariqdan o‘tib ketib, yo‘l chetida to‘xtagan.

Qayd etilishicha, fuqaro yuk mashinasini pritsepli transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi tegishi hujjatlarsiz boshqargan.
YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q.