Bugun Bulung‘ur tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Astanov Samandar Mustafoqulovich nomzodi Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Astanov Samandar Mustafoqulovich Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, Oqdaryo tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Qudratov Sherzod Asadovich nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Qudratov Sherzod Asadovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalgi hokimlar Bahodir Bahramov (Bulung’ur hokimi) hamda Najmiddin Sulaymonov (Oqdaryo hokimi) boshqa ishga o’tishi munosabati bilan o’z arizalariga asosan vazifasidan ozod etilgan.