O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va professional ta’lim muassasalaridagi qishki ta’til haqida ma’lumot berdi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Unga ko‘ra, talaba va o‘quvchilar 28-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) o‘quvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr kuni qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, ta’til 2022-yil 10-yanvargacha davom etadi.