Bugungi kunda O‘zbekistondan muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilayotgan davlatlar ro‘yxati eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar.

Foto: Google

O‘zbekiston transport vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ayni paytda 18ta xorijiy mamlakat bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan bo‘lib, haftasiga 28ta yo‘nalish bo‘yicha 144ta parvoz amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz fuqarolari bayram kunlari quyidagi xorijiy davlatlarga aviaqatnovlar orqali safar qilishi mumkin:

  • Turkiya, 40 ta reys (Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul);
  • Qozog‘iston, 34 ta reys (Toshkent – Olma-ota, Samarqand – Olma-ota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqto‘ba);
  • Rossiya, 22 ta reys (Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);
  • BAA, 16 ta reys (Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja);
  • Janubiy Koreya, 4 ta reys (Toshkent – Seul);
  • Tojikiston, 4 ta reys (Toshkent – Dushanbe);
  • Belarus, 4 ta reys (Toshkent – Minsk);
  • Qirg‘iziston, 3 ta reys (Toshkent – Bishkek);
  • Misr, 3 ta reys (Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx);
  • Gruziya, 2 ta reys (Toshkent – Tbilisi);
  • Germaniya, 2 ta reys (Toshkent – Myunxen);
  • Hindiston, 2 ta reys (Toshkent – Dehli);
  • Quvayt, 2 ta reys (Toshkent – Al-Quvayt);
  • Latviya, 2 ta reys (Toshkent – Riga );
  • AQSH, 2 ta reys (Toshkent – Nyu-York);
  • Eron, 1 ta reys (Toshkent – Tehron);
  • Isroil, 1 ta reys (Toshkent – Tel-Aviv);
  • Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent – Ar-Riyod).

Parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.