Shu yilning 18-dekabr Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Foto: FVV axborot xizmati

Xabarga ko’ra, 18-dekabr kuni soat 02:34da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 101 qisqa raqamiga “Do‘stlik” MFYnig Do‘stlik ko‘chasi 106-uy 10-xonadonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Ma’lumotga asosan soat 02:38da Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 02:40da yong‘in joyi o‘rab olingan. Yong‘in soat 03:00da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo‘lak devorlari yonib zararlangan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida ikkinchi qavat yo‘lagidan 10-xonadon egasining kuygan holdagi jasadi va uyining yuvinish xonasidan esa tutunga dimiqib vafot etgan farzandining jasadi topilgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida 106-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il va qiz bolalar Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.