Xalq deputatlari Uchqo’rg’on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi va tumanni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar ishga solinmayotgani, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik sanoat zonalari tashkil etish orqali yangi ish o’rinlari yaratishga etarli e’tibor qaratilmagani tanqid ostiga olindi.

Tumanning sobiq rahbari Azimjon Abdumutalovich Vahobov faoliyatida yo’l qo’ygan kamchiliklari uchun tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman kengashi deputatlari tasdig’i bilan Jahongir Nosirjanovich Rizzayev Uchqo’rg’on tumani hokimi etib tayinlandi.

Jahongir Rizzayev 1986-yil 5-dekabr kuni Chortoq tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-energetik.

U 2018-yil may oyidan, hozirgi vaqtga qadar “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.